
Yomon ayollar bilan aloqa qilgan "Siti" futbolchisi Angliya terma jamoasidan ham chetlatiladi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt "Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uokerni terma jamoadan chetlatadi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, bosh murabbiy koronavirus sabab mamlakatda hukm surayotgan karantin davrida uyiga 2 ta fohishani chaqirgan futbolchidan qattiq ranjigan.
Bundan avvalroq, “Manchester Siti” Uokerni ushbu qilmishi uchun 283 ming evro jarimaga tortgan edi.
28 yoshli Uoker Angliya terma jamoasida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U shu paytgacha 48 ta o‘yinda ishtirok etgan.
Fikrlar