Axmadbek Sports.uz: Abdulaziz Abdusattorov uch karra jahon chempioni yoxud MMAchilarimizdan navbatdagi medallar!

  • 10 avgust, 2024, 13:57
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor, ayni vaqtda Abu- Dabi shahri MMA bo‘yicha o‘smir-yoshlar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. 5 avgust kuni start olgan dunyo birinchiligi qizg‘in pallaga kirdi. Quvonarlisi, Olimpiyadachilarimiz kabi  o‘zbekistonlik yosh MMAchilar ham o‘zlarini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lyapti. Jumladan, kecha bo‘lib o‘tgan bahslarda 4 nafar vakilimiz shoxsupadan o‘rin oldi.

Jumladan, Jahongir Qoraboev shogirdi Abdulaziz Abdusattorov 16-17 yosh toifasida 83,9 kgda barcha raqiblarini mag‘lub etib, jahon chempionligiga sazovor bo‘ldi. Qiziq jihati Abdulaziz o‘smir va yoshlar toifasida 3- bor jahon chempioni bo‘ldi. Shuningdek, 52,2 kgda Samandar Abdurahmonov ham finalda tojikistonlik Davlatali Farxadini mag‘lub etib oltin medalni qo‘lga kiritdi. Engil vazn (70,3 kg ) toifasida Ilyosbek Bekturdiev va o‘rta vazn (83,9 kg) toifasida Muhammed Xanlaevlar esa bronza medaliga ega chiqishdi. 

Shu tariqa delegatsiyamiz hisobida xozircha 5 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medali bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!