“Ayaks” 21 yoshli futbolchi uchun “Inter”dan 30 mln evro talab qilmoqda

  • 4 iyul, 2017, 12:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Inter” jamoasi rahbariyati Gollandiyaning “Ayaks” klubi markaziy himoyachisi Davinson Sanchesga katta qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

O‘z navbatida gollandiyaliklar Sanchesni sotishga qarshi emas, ammo “Ayaks” kolumbiyalik 21 yoshli futbolchi uchun 30 million evro so‘ramoqda.

Qayd etish kerakki, “Ayaks” 33 yoshli himoyachi Xayko Vestermann bilan o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qildi.  Shu sababli gollandiyaliklar yosh himoyachini sotmasligi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!