
"Ayaks" "Barselona" futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi
"Ayaks" klubi yozgi transferlar oynasida "Barselona"da to‘p tepayotgan sobiq futbolchisi Serjino Destni ortga qaytarmoqchi. O‘z navbatida himoyachi ham Kataloniyani tark etishga qarshi emas.
Shuningdek, "ko‘k-anorranglilar" Destni "Ayaks" himoyachisi Nikolas Talyafikoga almashtirish variantini ko‘rib chiqyapti. Agar Niderlandiya jamoasi bunga rozilik bildirsa, yozda ikki futbolchi klubini o‘zgartirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli Serjino "Barselona" safiga 2020 yil kelib qo‘shilgandi. Dest ushbu mavsum La Liganing 14 o‘yinida 3 assist mualllifiga aylangan.
Fikrlar