"Ayaks" to‘purari Italiyaga kelmoqda

  • 16.03.2022 18:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Ayaks" hujumchisi Sebasten Aller mavsumlar oralig‘ida A Seriya grandi safiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 27 yoshli Kot-d’Ivuar terma jamoasi a’zosi bilan "Inter" jiddiy qiziqib qolgan. “Neradzurrilar” direktori allaqachon Allerning vakillari bilan bu borada uchrashuv o‘tkazishga ham ulgurgan.

Allerning transferi Italiya chempioniga taxminan 35 million evroga tushishi mumkinligi aytilmoqda. Futbolchining o‘zi “Inter”ga o‘tishga rozilik bildirgan.

Aller joriy mavsum “Ayaks” safida jami 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 32 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!