"Ayaks" yulduzi grand klublar e’tiboriga tushdi

"Ayaks" futbochisi Sebastyan Allerga bir qator klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ular qatoridan "Liverpul", "Inter" va "Borussiya" Dortmund klublari o‘rin olgan.

"Fichajes" nashriga ko‘ra, "Liverpul" Saloh-Firmino-Mane triosidan kimdir klubdan ketishi mumkinligidan xavotirda. Shu bois, mersisaydliklar afrikalik futbolchiga ko‘z tikkan.

"Borussiya" Dortmund rahbariyati Allerni yozda ketishi deyarli aniq bo‘lgan Erling Xolandga o‘rinbosar, deb hisoblamoqda.

"Inter" ham Allerni jamoani tark etishi kutilayotgan hujumchi Lautaro Martines o‘rniga xarid qilmoqchi. Klub Sebastyanni qo‘lga kiritish uchun jiddiy bel bog‘lagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!