
"Ayaks"ning 3 nafar futbolchisi Evropa ligasida ramziy terma jamoadan joy oldi
Xabaringiz bor, kecha UEFA Evropa ligasida 1/8 finalning dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bugun tashkilot rasmiy saytida musobaqaning joriy haftadagi ramziy terma jamoasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, ramziy terma jamoadan quyidagi futbolchilar joy oldi:
Darvozabon: Ruy Silva ("Granada");
Himoyachilar: Serj Ore ("Tottenxem"), Gabriel ("Arsenal"), Raul Albiol ("Vilyarreal"), Nikolas Talyafiko ("Ayaks");
Yarim himoyachilar: Rayan Gravenberx ("Ayaks"), Lorentso Pellegrini ("Roma"), Martin Edegor ("Arsenal");
Hujumchilar: Roberto Soldado ("Granada"), Xarri Keyn ("Tottenxem"), Dushan Tadich ("Ayaks").
Fikrlar