Ayni damda dunyoning eng qimmat himoyachisi kim?
Bugungi kunda jahon futbolidagi eng qimmat himoyachi nomi e’lon qilindi. "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga koʻra, Londonning "Arsenal" jamoasida oʻynaydigan fransiyalik Uilyam Saliba roʻyxatda birinchi oʻrinni egalladi. Uning bozor qiymati 78 million funt sterlingni tashkil etmoqda.
Ikkinchi oʻrinni Pau Koubarsi ("Barselona"), Ashraf Hakimi (PSJ) va Alessandro Bastoni ("Inter") 70 million funt sterling bilan boʻlishib olishdi. Keyingi oʻrinlarda Nuno Mendes (PSJ) va Gabriel ("Arsenal") 65 million funt sterling.
Din Hausen ("Real Madrid"), Pacho (PSJ), Yoshko Gvardiol ("Manchester Siti"), Yurriyen Timber ("Arsenal") va Trent Aleksandr-Arnold ("Real Madrid") kabi bir qator futbolchilarning narxi 61 millionga baholandi.
Fikrlar