"Ayntraxt" futbolchisi "Real"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. U boshqa jamoaga o‘tmoqda

  • 9 avgust, 2022, 16:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ayntraxt" futbolchisi Filipp Kostich UEFA superkubogida ishtirok etmaydi. U jamoasini o‘zgartirish arafasida turibdi. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, Filipp germaniyaliklarning kengaytirilgan tarkibidan joy olmagan. U Turinning "Yuventus" klubi bilan shartnoma imzolagani aytilmoqda. 

Transfer summasi bonuslar bilan birga 18 million evroni tashkil etadi. Tez orada rasmiy xabar e’lon qilinadi.   

Ma’lumot o‘rnida, Kostich Bundesliganing 31 o‘yinida 4 ta gol va 9 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!