
Ayol hakamlarimiz U-15 CAFA chempionatida hakamlik qiladi
Tojikistonda bo‘lib o‘tayotgan ayollar o‘rtasidagi U-15 CAFA chempionatida yurtdoshlarimiz 3-tur doirasidagi Tojikiston - Eron o‘yiniga tayinlov olishdi.
Roziyabonu Yusupova uchrashuv bosh hakami, Zulhumor Ortiqboeva ikkinchi yordamchi hakam sifatida ishlaydi. Shuningdek, ushbu uchrashuvda eronlik hakamlar — Bahora Sayfinahavandiy (ikkinchi yordamchi hakam) hamda Mohnoz Zokaiy (to‘rtinchi hakam) bevosita hamyurtimizga yordamlashishadi. Uchrashuvda hakamlar nazoratchisi sifatida Valentin Kovalenko ishlaydi.
Mazkur o‘yin bugun soat 16:00 da start oladi.
Manba: O‘zFHM matbuot xizmati.
Fikrlar