Ayollar futboli. Terma jamoamiz Parij Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun yurishini boshlaydi

  • 2 aprel, 2023, 12:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayollar futboli bo‘yicha Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi saralash musobaqalari start olmoqda. 5-11 aprel kunlari Toshkent Osiyo qit’asida 1-bosqichdan o‘rin olgan “A” guruhi bahslariga mezbonlik qiladi. Unda O‘zbekiston ayollar terma jamosi Butan, Sharqiy Timor va Iordaniya jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Tecno

Jamoamizning o‘yinlar taqvimi quyidagicha:

5 aprel: O‘zbekiston - Butan
8 aprel: O‘zbekiston - Sharqiy Timor
11 aprel: O‘zbekiston - Iordaniya

ayollar_2

Terma jamomiz ishtirokidagi barcha uchrashuvlar “Paxtakor” stadionida o‘tadi. O‘yinlar vaqti soat 17:00 ga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!