
Ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida VAR bilan bog‘liq mojaro kelib chiqdi (FOTO)
Frantsiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida kecha Shotlandiya terma jamoasi Argentina bilan 3:3 hisobida durang qayd etdi va musobaqadagi yurishini to‘xtatdi.
Ta’kidlash kerakki, 74-daqiqagacha shotlandiyaliklar 3:0 hisobida oldinda borishayotgan edi, biroq keyingi 5 daqiqada argentinalik futbolchi ayollar hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirishga muvaffaq bo‘lishdi. 90+3 daqiqada esa hakam Shotlandiya terma jamoasi darvozasi tomon penalti belgiladi, 11 metrlik zarbani esa darvozabon bartaraf etishga erishdi. Lekin, hakam VAR yordamida vaziyatni qayta ko‘rgach, zarbani bekor qildi va penaltini qaytadan tepishni buyurdi. Uning fikricha shotlandiyalik posbon zarba berilayotgan paytda darvoza chizig‘idan oldinga chiqib ketgan.
Penaltini qayta tepgan argentinalik futbolchi bu safar xato qilmadi va hisobni 3:3 ko‘rinishiga olib keldi.
E’tiborlisi, o‘yin yakunlangach Shotlandiya bosh vaziri Nikola Sterjen VAR tizimidan nafratlanishini aytdi.
Fikrlar