
Aytjan Xalmaxanov finalda, Shermuhammad Sharibjonov o‘tish bosqichida kurashadi
Bugun Xorvatiya mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati yakuniga etadi. Musobaqaning so‘nggi kunida yunon-rum kurashchilarimiz medallar uchun bahs olib borishadi.
-63 kg vazn toifasining saralash bosqichida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Aytjan Xalmaxanov kechki dasturda chempionlik uchun gilamga chiqadi. Shuningdek, -67 kg vazn toifasida yana bir hamyurtimiz Shermuhammad Sharibjonov bronza medali uchun o‘tish bosqichida kurashadi.
Final:
-63 kg: Aytjan Xalmaxanov – Chung Xan-Jae (Koreya Respublikasi)
O‘tish bosqichi:
-67 kg: Shermuhammad Sharibjonov – Sebastyan Nad (Serbiya)
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar