Ayubxon Kamalovning raqibi aniq bo‘ldi yoxud 44 yoshli vakilimiz Sirdaryoda jang qiladi
Xabaringiz bor, 29 may kuni Sirdaryo viloyati ATF Championship 10 turniriga mezbonlik qiladi.
Mazkur jang kechasida yurtimizning bir qator ko‘zga ko‘ringan MMA jangchilari oktagonga ko‘tariladi. Ular qatorida o‘zbek MMA olamining bayroqdorlaridan biri, 44 yoshli Ayubxon Kamalov ham o‘z jangini o‘tkazadi. Ushbu hamyurtimiz uzoq tanaffusdan so‘ng, yana oktagonga qaytmoqda. U o‘z vaqtida Qozog‘istonda ajoyib janglarni o‘tkazib, chiroyli g‘alabalari bilan barchani xursand qilgan edi.
29 may kuni ushbu faxriy jangchimiz qirg‘izistonlik Bayastan Abdashimovga (2-1-1) qarshi bahs yuritadi. O‘ylaymizki, bu gal ham hamyurtimiz ajoyib g‘alabasi bilan barchani xushunud etadi.Bu borada unga omad tilab qolamiz!


Fikrlar