Azamat Abduraimov: Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi chempionati yuqori darajada o‘tishiga aminman

  • 26 iyul, 2019, 11:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mazkur musobaqada O‘zbekiston, Tojikiston, Eron, Turkmaniston, Afg‘oniston va Qirg‘izistonning o‘smirlar terma jamoalari ishtirok etishadi.

Bugun O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ilk o‘yinni soat 20:30da tojikistonlik tengqurlariga qarshi Dushanbedagi “Markaziy stadion”da o‘tkazadi.

Musobaqa oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz ustozi Azamat Abduraimov quyidagicha fikr bildirdi:

- Tojikistonda o‘tadigan CAFA chempionati bizning terma jamoamiz uchun joriy yil hisobidan ilk xalqaro musobaqa bo‘ladi. Yaqindagina tojikistonlik tengqurlarimizga qarshi Xo‘jandda 2 ta o‘rtoqlik o‘yini tashkil etgan edik. Ushbu o‘yinlar biz uchun ancha foydali bo‘lganini ta’kidlay olaman. O‘sha o‘yinlar bilan solishtirganda hozirda tarkibimizda 6-7 ta o‘zgarish mavjud. Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi chempionati yuqori darajada o‘tishiga aminman. Barcha raqiblar munosib darajada. Har bir o‘yinga jiddiy hozirlik olib borishga urinamiz. Birinchi raqibimiz – Tojikiston terma jamoasi bo‘ladi. Uchrashuv qiyin bo‘lishi tayin, lekin biz faqat g‘alaba uchun harakat qilamiz, - dedi mutaxassis. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!