Azamat Nuftillaev chempionlik kamarini himoya qiladi
MMA olamida “Ajdar” nomi bilan mashhur hamyurtimiz Azamat Nuftillaev 12 sentyabr kuni Qirg‘izistonning Osh shahrida oktagonga chiqadi. Ushbu jangda yurtdoshimizga mezbon Baktibek uulu Islombek raqiblik qiladi. Mazkur qarama-qarshilikda yurtdoshimiz chempionlik kamarini himoya qiladi.
Eslatib o‘tamiz: Azamat Nuftillaev og‘ir vazn toifasida “FFC falco fighting championship” kamari soxibi sanaladi.


Fikrlar