
Azamat Nuftillaev ertangi muhim jang oldidan "Face to face" marosimida qatnashdi (video)
Ertaga, 8 oktyabr kuni Qozog‘istonning mashhur promoushenlaridan biri "Alash Prayd" navbatdagi turnirini o‘tkazadi. Biz uchun ahamiyatli jihati ushbu jang oqshomida og‘ir vazn toifasidagi "Ajdar" nomi bilan mashhur hamyurtimiz Azamat Nuftillaev ham oktagonga ko‘tariladi.
U mazkur promoushenning chempionlik kamari uchun ukrainalik Evgeniy Golubga qarshi jang qiladi. Hamyurtimiz hozirga qadar 8 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. E’tiborli jihati, 7 ta jangida raqiblarini 1-raundning o‘zidayoq taslim qilishga erishgan.
Yurtdoshimiz bugun vazn o‘lchash hamda "face to face" marosimida ishtirok etdi.
Fikrlar