
Azamat Nuftillaevning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum (Poster)
17 iyul kuni Buxoro shahrida "ATF Championship 12 " turniri tashkil etiladi. Mazkur jang kechasida bir qator taniqli jangchilarimiz oktagonga ko‘tariladi.
Jumladan, ONE Championship promousheni bilan shartnoma imzolagan og‘ir vazn toifasidagi vakilimiz Azamat Nuftillaev ham navbatdagi jangini o‘tkazadi. U Gruziya vakili Soslan Gasievga qarshi bahs yuritadi.
Ma’lumot uchun, yurtdoshimizning professional ko‘rsatkichi 9 ta g‘alaba va bir durang qayd etgan bo‘lsa, Soslan Gasievning ko‘rsatkichi 6-6 ko‘rinish olgan.
Fikrlar