Azar: Anchelotti meni aldadi

  • 5 fevral, 2022, 11:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumkor futbolchisi Eden Azar jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bergan va’dasini bajarmadi, deb hisoblamoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, italiyalik tajribali murabbiy belgiyalik futbolchiga bir necha marotaba agar yuqori sport formasini tiklab olsa, muntazam o‘yin amaliyoti berishini aytgan.

Biroq, Azar qancha harakat qilmasin, o‘ziga va’da qilingan imkon taqdim etilmaganidan noliyapti.

Aslida “Chelsi”dan olib kelinganidan beri yuqori saviyada o‘ynay olmayotgan yulduzni “Qirollik klubi” sotib yuborishga harakat qilmoqda. Biroq, unga qiziqqan jamoalarning aksariyati jarohatlarga moyil o‘yinchi uchun katta maosh to‘lashga ko‘nmayapti.

Azar joriy mavasumda jami 18 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini bir marotaba ishg‘ol qildi va ikkita golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!