
Azar "Atletik"ga qarshi o‘yinda maydonga tusha oladimi?
"Real" hujumchisi Eden Azar La Liga 34-turi doirasida "Atletik"ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.
AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi "qaymoqranglilar"ning so‘nggi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi. Madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan xavbekka dam olish imkoniyatini berishga qaror qilgan.
Bundan tashqari, madridliklar safida Nacho Fernandes va Rafael Varan ham navbatdagi o‘yinni jarohat sabab o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot o‘rnida, "Atletik" - "Real" uchrashuvi 5-iyul kun soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar