
Azar: Balandroq cho‘qqilarni zabt etish vaqti keldi
Xabaringiz bor, Evropa ligasi final bahsida "Chelsi" "Arsenal"ni 4:1 hisobi bilan mag‘lub etdi.
"Aristokratlar" yarim himoyachisi Eden Azar jamoani tark etishini aytib o‘tdi.
- O‘ylashimcha, xayrlashish vaqti keldi. Tan olish lozim, men premer ligada faoliyat olib borishni orzu qilganman. Shu sababdan ham 7 yil umrimni dunyoning eng yaxshi klublaridan birida o‘tkazdim.
Yangi va balandroq cho‘qqilarni zabt etish darkor, - dedi Azar BT Sport telekanalida.
Eslatib o‘tamiz, belgiyalik futbolchi faoliyatini "Real Madrid"da davom ettirishi mumkin.
Fikrlar