
Azar Belgiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 2-o‘ringa chiqib oldi
Belgiya terma jamoasi hujumchisi Eden Azar kecha Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Rossiyaga (4:1) qarshi o‘yinda dubl qayd etdi.
Gracenote Live nashri tarqatgan xabarga ko‘ra shu tariqa Azarning terma jamoadagi gollari soni 32 taga etdi. U bu borada Bernar Vorxof va Pol van Ximstlarni ortda qoldirdi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Belgiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar Romelu Lukaku hisoblanadi. Uning hisobida 52 ta gol mavjud.
Fikrlar