
Azar Belgiyada "Yil futbolchisi" deb topildi
“Real” Madrid klubi yarim himoyachisi Eden Azar Belgiyaning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Belgiya terma jamoasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlash kerakki ushbu mukofot uchun shuningdek Kevin De Bryuyne, Romelu Lukaku, Aksel Vitsel va Dris Mertens kabi futbolchilar ham da’vogarlik qilishayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum Belgiya terma jamoasi safida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga yozdirib qo‘yishga erishdi. Belgiya terma jamoasi esa guruhda birinchi o‘rinni egallagan holda Evro-2020 final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Fikrlar