
Azar faoliyatini Belgiya ikkinchi divizionida yakunlashi mumkin
Belgiyaning ikkinchi divizionida to‘p tepayotgan "Vesterlo" jamoasi vittse-prezidenti Hasan Chetinkaya kelajakda Azar o‘z klubida to‘p tepishi mumkinligini aytdi.
O‘ylaymanki, Eden bilan biz do‘stmiz. Men u bilan "Lill"da o‘ynayotgan paytim tanishganman. Azar menga bir kun kelib "Fenerbaxche"da o‘ynashini aytdi. Uning "Vesterlo"ga kelishi qiyin masala. Biroq oldinda bizni nima kutib turganini bilmaymiz. Balki u faoliyatini klubimizda yakunlar", - dedi Hasan.
Qayd etish lozim, ayni damda 30 yoshli yarim himoyachi tinimsiz jarohatlar olmoqda. "Real" uni sotib yuborishga qaror qilgan. Azarning bahosi "transfermarkt" talqiniga ko‘ra 25 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar