Azar kinoda uning rolini qaysi aktyor o‘ynashini xohlashini aytdi
Madridning “Real” klubi vingeri Eden Azar “Atletiko”ga qarshi o‘yin oldidan jurnalistlarning bir qator qiziqarli savollariga javob qaytardi.
“Derbi so‘zini jinnilik so‘zi bilan ham almashtirish mumkin.
Mening rolimni kinoda Bred Pitt o‘ynashini xohlardim.
Mening eng yoqtirgan golim esa Zinedin Zidanning “Bayer” darvozasiga kiritgan golidir”, - deydi belgiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Azar “Real”ga joriy yozgi transferlar davrida 100 mln evro evaziga “Chelsi”dan ko‘chib o‘tdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar