Azar "Real"da "Oltin to‘p"ni yuta oladimi?

  • 21 may, 2020, 17:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines yarim himoyachi Eden Azar “Real”da ko‘p narsaga erishishi mumkinligini aytdi.

“Eden “Real”da “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi mumkin. Futbolchi yangi jamoaga ko‘chib o‘tgach, u erga moslashishi juda ko‘p uchraydi. Bu mavsum PSJga qarshi o‘yinda biz futbolni yaxshi ko‘radigan va jamoadoshlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan Edenni ko‘rdik. U jamoani muvaffaqiyat sari etaklay oladi”, - deydi Martines.

Azar “Real” safiga o‘tgan yilning yozida “Chelsi”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum La Ligada 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!