Azat Usenaliev: "Shahobiddin Zoirov Tokio Olimpiadasi g‘olibligiga da’vogarlardan biri "

  • 3 yanvar, 2021, 14:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Qirg‘izistonlik bokschilar orasida o‘zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgani shubhasiz, 52 kg vazn toifasida uzoq yillardan buyon turli xil turnirlarda ishtirok etib, o‘ziga xos natijalar qayd etayotgan va ko‘p karra Qirg‘iziston chempioni Azat Usenaliev desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Mazkur charmqo‘lqop ustasini Jasurbek Latipov, Shahobiddin Zoirovlarga qarshi janglariga bir necha bor guvoh bo‘lganmiz.

Tecno

O‘ziga xos mahorat egasi bo‘lgan ushbu bokschi bilan hamsuhbat bo‘lib qoldik va unga bir nechta savollar bilan murojaat qildik. Quyida, ushbu suhbatni e’tiboringizga havola etamiz.

aza

- Assalomu alaykum.

- Vo alaykum assalom. Assalomu alaykum.

- Azat sizni o‘zbekistonlik boks muxlislari ham yaxshi biladi. Chunki bir necha bor yurtdoshlarimiz bilan ringda to‘qnash kelagansiz. Lekin to‘liq ma’lumotga egamiz, deb ayta olmayman?

- Men 1991 yil 11 sentyabrda To‘qmoq shahrida tavallud topganman. 2009 yil birinchi bor Qirg‘iziston chempionatida ishtirok etdim. Shundan boshlab, juda ko‘p marta chempionlikni qo‘lga kiritdim. Bir necha bor xalqaro turnirlar g‘olibi va sovrindori bo‘lganman.

- Bir necha bor o‘zbekistonlik bokschilar bilan jang kilgansiz? Ularni noqulay raqib sifatida bilasizmi?

- Juda ko‘plari bilan ringda to‘qnash kelaganman. Ular orasida eng mashhurlari Shahobiddin Zoirov bilan besh marotaba (3 :2 hisobida Zoirov foydasiga) Jasurbek Latipov bilan uch bora (2:1 Latipov foydasiga) jang qilganman. Yana bor, lekin ularning ismlari yodimdan ko‘tarilibdi. O‘zbekistonlik bokschilar texnik va taktik jihatidan ham kuchli. Ular har qanday bokschi uchun noqulay raqib hisoblanadi.

- Darvoqea, Tokio Olimpiadasiga litsenziya masalasi nima bo‘lmoqda?

- Hozircha yo‘llanmani qo‘lga kiritganim yo‘q. Lekin aprel oyida yana litsenziya beruvchi turnir bo‘ladi va unda yo‘llanmani qo‘lga kiritishdan umidvorman.

- Nima deb o‘ylaysiz, O‘zbekiston terma jamoasi Tokioda ham birinchi bo‘la oladimi?

- Albatta, hozirgi kunda O‘zbekiston boksi juda yuqori darajaga ko‘tarildi. Buni so‘ngi Olimpiada va jahon chempionatida ham ko‘rdik. O‘ylaymanki, Tokioda ham etakchi bo‘la oladi.

- Sizning vazn toifangiz ya’ni, 52 kgda Tokio Olimpiadasining favoritlari deya kimlarni e’tirof etasiz?

- Shahobiddin Zoirov va hindistonlik Amit Pangalni aytib o‘tishim mumkin.

- O‘zbekistonlik kaysi bokschi va murabbiylar bilan do‘stona munosabatdasiz?

- Ko‘pchiligini yaxshi bilaman. Jumladan, Hasanboy Do‘smatov, Shahobbiddin Zoirov va Jasurbek Latipov, murabbiylardan Ziyoyiddin Tayg‘anboev bilan yaxshi munosabatdaman.

azik

-Hozir Qirg‘izistonning Osh shahrida Ziyoyiddin Tayg‘anboevning ukasi, o‘z vaqtida ajoyib bokschi bo‘lgan Quvonch Tayg‘onboev ham murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda. Uni ham taniysizmi?

- Albatta, uni nafaqat ajoyib murabbiy balki, yaxshi inson deb ham bilaman. Lekin yuqorida aytib o‘tganimdek, men To‘qmoq shahrida yashayman. Oradagi masofa uzoqligi uchun kam ko‘rishamiz.

- Qirg‘iziston boksining rivoji haqida nima deya olasiz?

- Ayni kunlarda rivojlanish bosqichida. Juda ko‘p mahoratli yoshlar etishib chiqmoqda. O‘ylaymanki, tez orada ular ham yaxshi natijalar qayd etadi.

- Azat javoblar uchun rahmat. Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishingizga tilakdoshmiz!

- E’tibor uchun xursandman!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!