
Azim Ahmedovni "Turon"da kutishyapti
Yaqinda “Navbahor” klubi bilan xayrlashgan 30 yoshli yarim himoyachi Azim Ahmedovning yangi mavsumni qaysi jamoa tarkibida boshlashi muxlislar uchun qiziq tuyulayotgani bor gap.
Tajribali o‘yinchining xizmatiga ko‘z tikayotgan klublar yo‘q emas. Sports.uz olgan ma’lumotga qaraganda, futbolchiga Superligaga qaytgan “Turon” jamoasidan taklif bo‘lmoqda. Bu bejiz emas, boisi, “Turon” o‘tgan yili ham Azim bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘rgandi.
Bu safar ham “Turon” “Navbahor” bilan xayrlashgan yarim himoyachiga jiddiy qiziqish bilan qaramoqda. Hozircha tomonlar bir to‘xtamga kelishgani yo‘q. Chunki Azim Ahmedov oldida boshqa takliflar ham yo‘q emas. Tez orada barcha masalaga oydinlik kiritiladi.
Fikrlar