Aziz To‘xtaboev: O‘yinni penaltilar seriyasiga qadar olib bormaslikni maqsad qilgan edik

  • 26 iyun, 2019, 00:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"O‘yin hujumkor ruhda o‘tdi. “Qizilqum”ni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. O‘chrashuv  issiq ob-havoda o‘tgani ham 1-taymda biroz halal berdi. Hisobda oldinga chiqib olgach, biroz hotirjamlikka berildik.

Tecno

Penaltilar seriyasida omadimiz kelmadi. Bu lotereya. Penalti tepadigan dastlabki beshtalikni men yozib bergandim. Keyingi zarbalarni futbolchilarning o‘zlari hal etishdi. Biz bugun o‘yinni penaltilar seriyasigacha olib bormaslikni maqsad qilgan edik.

Oldinda bizni “Paxtakor” bilan o‘yin kutib turgani bois bugungi bahs taqdirini asosiy vaqtda hal qilishni maqsad qilgandik.  Quvondiq Ro‘zievning zaxiradan maydonga tushirganimning bois aynan “Paxtakor” bilan uchrashuv oldidan unga biroz dam berishni lozim topgandim", - deb To‘xtaboevning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!