Azmun faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin
Transfer huquqi "Bayer"ga tegishli bo‘lgan Sardor Azmunni La Liganing "Sevilya" klubi o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istamoqda, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano.
Ma’lum bo‘ishicha, Ispaniya jamoami nemislar bilan bog‘lanib, "bo‘rilar" bilan shartnomani bekor qilish imkoniyatini o‘rgangan. Tez orada rahbariyat bu transfer borasida bir qarorga keladi. Shunigdek, "Sevilya" "Chelsi"dan Datro Fofanani ijaraga olishga ham harakat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Azmun mavsum boshida "Roma"ga bir mavsumlik ijara asosida ko‘chib o‘tgandi. U jamoasi tarkibida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golda ishtirok etdi.
Fikrlar