
Azmun La Liga grandi safiga o‘tishga rozi bo‘ldi
Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi hujumchisi Sardor Azmunning kelajagi noaniqligicha qolmoqda.
Match TV xabariga ko‘ra, "Sevilya" sport direktori Ramon Monchi muzokaralar uchun Sankt-Peterburgga uchib ketgan.
Manbaga ko‘ra, andalusiyaliklar eronlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Monchi bevosita Sardor bilan gaplashib, uni Ispaniyaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirgan. Aytish kerakki, Azmunga "Nyukasl" ham qiziqmoqda. Azmunda “Lion” varianti ham bor, ammo bu tomonlarni qiziqtiradigan taklif emas.
Qayd etilishicha, Sardorning o‘zi ispan klubiga o‘tishni istamaydi. U ko‘proq Angliya va Germaniya klublari variantlarni afzal ko‘radi. Uning “Zenit” bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.
Sardor Azmun joriy mavsum piterliklar tarkibida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol urdi.
Fikrlar