
Azmun Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi
Rossiyaning “Rostov” klubi hujumchisi Sardor Azmun outsideoftheboot.com portali talqini bo‘yicha Osiyoning 2016 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.
Ta’kidlash kerakki, eronlik forvard o‘tgan mavsum jamoasining Rossiya premer-ligasida 2-o‘rinni egallashiga katta hissa qo‘shdi. Bundan tashqari Azmun bu mavsumda ham ancha ishonchli harakat qilmoqda. “Rostov” bilan EChLda ishtirok etdi, “Bavariya” hamda “Atletiko” kabi top klublar darvozasini ishg‘ol etdi. Eron terma jamoasining JCh-2018 so‘nggi saralash bosqichida o‘z guruhida etakchilik qilishiga ham ayni shu futbolchining hizmatlari beqiyos bo‘lib turibdi.
Fikrlar