Azmun qaysi klublarga "Zenit" rad javobini berganini ma’lum qildi

  • 3 sentabr, 2021, 16:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyaning "Zenit" klubi hujumchisi - Sardor Azmun o‘zining amalga oshmay qolgan transferi borasida fikr bildirdi. Eronlik forvord klub uni so‘ragan qaysi jamoalar bilan muzokara o‘tkazgani haqidagi ma’lumotni oshkor qildi.

"Meni klub bilan shartnomam bor. Ketishni istasam ham, qo‘limdan hech narsa kelmaydi. Menga "Lion", "Tottenhem", "Bayer" va "Roma"dan takliflar kelib tushdi, ammo jamoam meni qo‘yib yubormadi. Katta ehtimol bilan kelasi yil yozda boshqa chempionatga yo‘l olaman."

Eslatib o‘tamiz, hujumchi va klub o‘rtasidagi shartnoma joriy mavsum so‘nggida o‘z yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!