BAA. "Sharja" chempionlikni boy berishi mumkin
Hamyurtimiz Otabek Shukurov faoliyat olib boradigan "Sharja" klubi bu tur "Al Vasl" maydoniga safar uyushtirdi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa "Sharja" hisobidagi ochkolar soni 53 taligicha qoldi va turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda.
Chempionat bahslari yakunlanishiga ikki tur qolganida sharjaliklar eng yaqin ta’qibchi - "Al Ahli"ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda va kelgusi g‘alaba ularni muddatidan oldin chempion qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Otabek Shukurov jarohatini davolatish bilan mashg‘ul.
BAA Pro-ligasi. 24-tur
"Al Vasl" - "Sharja" 3:2.

Fikrlar