Babayan boshchiligidagi "Navbahor" Turkiyada ilk nazorat o‘yinini o‘tkazdi

  • 15.01.2022 23:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida olib borayotgan “Navbahor” bugun mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi dastlabki nazorat-sinov bahsini o‘tkazdi. Ilk o‘rtoqlik o‘yinida “Navbahor”ga Vengriyaning “Spartakus Niredxaza” (Niredxaza) klubi raqib bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, mazkur nazorat uchrashuvining har ikki bo‘limida “lochinlar” ikki xil tarkib bilan harakat qilishdi.

Mazkur bellashuvning 1-bo‘limida ustunlik vakillarimiz tarafida bo‘ldi. Ammo futbolchilar imkoniyatlardan foydalana olishmadi.

Ikkinchi bo‘limda “Navbahor” maydonda bir kishi kam bo‘lib, harakat qilganligi bois, ikkinchi 45 daqiqalikdagi o‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Shunday bo‘lsa-da, hech qaysi futbolchiga darvozani ishg‘ol etish nasib etmadi va uchrashuvda nursiz durang qayd etildi – 0:0.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!