
Babayan "Lokomotiv” boshqaruvidagi dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazdi (foto)
Shu paytgacha asosiy jamoaga ustozlik qilib kelgan Andrey Fyodorov iste’foga chiqib, uning o‘rniga Samvel Babayan bosh murabbiy etib tayinlandi. Bugun “Lokomotiv” futbolchilari Samvel Vyacheslavovich qo‘l ostida dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Asosiy jamoaning bugungi mashg‘uloti “Lokomotiv” stadionida olib borildi. Samvel Babayanga mashg‘ulot jarayonida murabbiylar shtabiga yangi qo‘shilganlardan Grigoriy Kolosovskiy (yordamchi murabbiy), Anton Meyranov (darvozabonlar murabbiyi) va Faxriddin Isamuhamedov (jamoa ma’muri) yordam berishdi.
Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” navbatdagi uchrashuvni Superliga 13-tur doirasida o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ga qarshi oʻtkazadi. “Lokomotiv” stadionida 29-iyun kuni kechadigan bahs 18:00da start oladi.











Fikrlar