
Badavlat klub Pogbani jahlini chiqaradigan taklif jo‘natdi
“Pari Sen-Jermen” tarkibini kuchaytirish maqsadida o‘z safiga Pol Pogbani chorlamoqda.
Manchester Evening News nashri parijliklar “Manchester Yunayted” yarim himoyachisiga taklif bilan chiqqanini ma’lum qildi. Manbaning ta’kidlashicha, parijliklar frantsiyalik futbolchiga “Manchester Yunayted” taklif qilgan maoshdan ancha past summa berishini aytgan.
Tabiiyki, bu chorlov Pogbaga yoqmasa kerak. O‘z qadrini yaxshi biladigan o‘yinchi “Yuventus”na qaytib borishni rejalashtirgani aytilmoqda.
29 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda 24 ta uchrashuvda bitta gol urib, to‘qqizta golli pas oshirdi.
Fikrlar