
Bahodir Jalolov Deontey Uaylderga sparring raqib bo‘lishi mumkin
Super og‘ir vazn toifasida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Bahodir Jalolov yaqin vaqt ichida amerikalik mashhur, engilmas Deontey Uaylderga qarshi sparring raqib bo‘lishi mumkin. Bu haqda bokschi SPORTS.uz internet nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"AQShda bir necha nomdor bokschilar bilan sparring ishladim. Shular sirasiga nokautga uchratuvchi zarbasi bilan tanilgan kubalik Luis “King Kong” Ortis va ikki marta oltin kamar uchun jang qilgan Dominik Brizil bilan sparringlar o‘tkazdim. Xabaringiz bor, Ortis ham, Brizil ham WBC yo‘nalishining amaldagi chempioni Deontey Uaylder bilan bahs olib borishgan. Yana bir yangilik, promouterlarim yaqin vaqt ichida meni Deontey Uaylderga sparring raqib qilib jo‘natishmoqchi", - dedi Jalolov.
Intervyuning to‘liq qismi bilan birozdan so‘ng saytimiz orqali tanishib olish imkoniga egasiz.
Fikrlar