Bahodir Jalolov navbatdagi raqibini ham nokautga uchratdi

  • 16.03.2019 10:25
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hamyurtimiz Bahodir Jalolov bugun professional boksdagi beshinchi jangini o‘tkazdi. AQShning Kaliforniya shtatida kechgan bahsda vakilimiz o‘z ustunligini namoyish qilib, yakunda ham chiroyli g‘alabani tantana qildi. Bu haqida MOQ xabar  bermoqda. 

Amerikalik Uilli Xarveyga qarshi ringga ko‘tarilgan Bahodir jang to‘liq yakuniga etmasdan raqibini nokautga uchratdi. Ta’kidlash joiz, jang sanasiga bir necha kun qolganda raqib o‘zgargan edi. Biroq bu holat yurtdoshimizga sira halal bermadi.

Shu tariqa yurtdoshimiz o‘zining beshinchi jangini ham muddatidan avval yakunlab, super og‘ir vazn toifasining reytingida yanada yuqori pog‘onaga ko‘tariladigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!