Bahodir Jalolov qozog‘istonlik bokschini mag‘lub etdi va O‘zbekistonga to‘rtinchi oltin medalni tortiq etdi

  • 26.04.2019 15:06
  • 1
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

+91 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bahodir Jalolov hal qiluvchi bahsda qozog‘istonlik Qamshibek Qo‘nqaboevga qarshi ringga ko‘tarildi va raqibini mag‘lub etdi.

Shu tariqa Jalolov delegatsiyamiz hisobiga to‘rtinchi oltin medalni yozdirib qo‘ydi. Bunga qadar Nodirjon Mirzahmedov (-49 kg), Mirazizbek Mirzahalilov (-56 kg) va Bobousmon Baturov (-69 kg) finalda o‘z raqiblarini mag‘lub etish orqali oltin medal sohibi bo‘lishgan edi.

SPORTS.uz sayti jamoasi barcha sovrindor bo‘lgan hamyurtlarimizni g‘alaba bilan muborakbod etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
махмуда Джураева
26/04/2019 15:37
Биз хам табриклвймиз!