Bahodir Jalolov va Otabek Xolmatov Astanaga yo‘l oldi

  • 1 aprel, 17:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

5 aprel kuni Qozog‘istonning Astana shahrida Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan prof boks oqshomi tashkil etiladi.

Tecno

Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida ikki bokschimiz - superog‘ir vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustamiz Bahodir Jalolov (O‘zbekiston, 14-0, 14 KO) hamda yarimengil vazndagi Otabek Xolmatov (12-1, 11 KO) ham o‘zlarining navbatdagi reytingi janglarini o‘tkazishadi. Jalolov ukrainalik Igor Shevadzutskiy (12-2, 10 KO)ga, Xolmatov esa filippinlik Jeyson Kano Manigos (30-12-2, 20 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi.

Bokschilarimiz murabbiylar hamrohligida Qozog‘istonga uchib ketishdi. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Болельщик
01/04/2025 20:15
Качон Усик или Джошуа билан жанг киларкина, ёш утиб кетвоти