Bahrom Haydarov: "Qaniydi, shunga o‘xshash futbolchilarimiz ko‘proq bo‘lsa?!

  • 28 avgust, 2024, 00:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Pro liganing 18-turida “Qo‘qon-1912” “Xorazm”ga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan o‘yinda qo‘qonliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z hisobiga 3 ochko yozdirib qo‘ydi.

Uchrashuvdan keyin “Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi Bahrom Haydarov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Birinchidan, ishqibozlarni, rahbariyatni va futbolchilarni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Uchrashuv juda og‘ir o‘tdi. Guvohi bo‘ldinglar, “Xorazm” birinchi davradagi “Xorazm”dan ancha farq qilyapti. O‘tgan turda “Buxoro”ga 3:1 hisobida yutqazgan bo‘lsa ham 10 kishi bo‘lib 1:1 hisobini saqlab kelayotgandi. Jamoada yaxshi tarafga o‘zgarishlar bor. Omadimiz kelib, gol urib olganimiz bizga g‘alaba keltirdi. O‘ylaymanki, bugungi uchrashuvdan bo‘shashmasdan keyingi bahslarga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimizga turtki bo‘ladi.

- Doniyor Ismoilov va Zokirjonov keyingi paytlarda ko‘rinish berishmayapti?

- Ismoilovni sog‘ligida ozgina muammo bor. Avval oyog‘idan jarohat oldi. Keyin biroz shamollab qoldi. Hozir davolanyapti. Zokirjonov pozitsiyada qiyin bo‘lyapti. U hozir ruhiy tomondan tayyor emas. Keyingi uchrashuvlarga asta-sekin qo‘shib boramiz. Undan umidimiz katta. Kelajagi porloq. Uni bejizga olib yurganimiz yo‘q.

- Sunnatilla Poyonov himoyada ham, hujumda ham faol to‘p suryapti. U haqida fikringiz?

- Poyonovni chap himoyasi uchun olganmiz. “Paxtakor” o‘rinbosarlarida shu pozitsiyada to‘p surardi. Uni o‘rtoqlik uchrashuvlarida boshqa pozitsiyalarda tekshirib ko‘rganimizda o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oldi. Qaniydi, shunga o‘xshash futbolchilarimiz ko‘proq bo‘lsa?! Bir qator pozitsiyada o‘ynay oladigan o‘yinchiga egamiz. O‘ng qanotda ham, insayd bo‘lib ham o‘ynay oladi. Shu bois Poyonovdan xohlagan joyimizdan foydalanishimiz mumkin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!