Bakayoko yana "Milan"ga qaytishi mumkin

  • 8 avgust, 2020, 23:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” klubi “Chelsi” himoyachisi Temue Bakayokoni yana ortga qaytarmoqchi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “rossonerilar” allaqachon 25 yoshli frantsuz bilan kelishuvga erishib bo‘lgan. Agar Bakayoko “Milan”ga o‘tsa, bonuslardan tashqari yiliga 3 mln evro maosh olishi mumkin. Garchi bu maosh “Chelsi”dagidan kamroq bo‘lsada, Temue muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun maoshi kamayishiga ham rozi.

“Aristokratlar” ushbu futbolchisini 20 mln evroga baholamoqda. Ammo A Seriya klubi unga buncha pul to‘lay olmaydi. “Milan” Bakayokoni 15 million evroga sotib olishi yoki ijaraga olishi mumkin.

Temue Bakayoko yakunlangan mavsumni “Monako” safida ijarada o‘tkazdi va 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. U 2018/19 yilgi mavsumda "Milan"da ijara asosida to‘p surgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!