
Ballardini "Latsio"ga qarshi bellashuvdan keyingi matbuot anjumanida "Yuventus" qiziqishlari doirasidagi ikki shogirdi haqida to‘xtaldi
Italiya A Seriyasining 34-turida Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan "Jenoa" klubi "Latsio" maydoniga safar uyushtirib, 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu bahs haqida genuyaliklar bosh murabbiyi Davide Ballardini quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:
"Birinchi taymda o‘yinga jiddiyroq e’tibor qaratishimiz va uyushqoq bo‘lishimiz lozim edi. "Latsio" o‘zini yaxshi his qilayotgandi va biz tashabbusni berib qo‘yayotganimizni sezib turgandik. Ammo bugun har bir o‘yinning eng so‘nggi daqiqalarigacha raqiblarimizga munosib qarshilik ko‘rsata olishimizni isbotladik.
Bu kabi jamoalarga qarshi o‘ynash ancha mushkul. Himoya chizig‘imizda yaxshi futbolchilar jam bo‘lgan va ularni ayblamoqchi emasman.
Skamakka hujumchi uchun muhim bo‘lgan sifatlarga ega bo‘lgan ajoyib futbolchi. Biroq, u hali yosh va hali ko‘p narsalarni isbotlashi mumkin. Bu kabi futbolchiga har kuni murabbiylik qilish yoqimli.
Rovella ham zaxiradan maydonga tushib, yaxshi o‘yin namoyish etdi. Uning harakatlari meni hayratda qoldirmadi, unda potentsial bor. Ammo pozitsiya tanlashdagi harakatlarini takomillashtirishi kerak. U va Skamakka ajoyib futbolchilar", - dedi Ballardini.
Fikrlar