Balotelli 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

  • 30 may, 2019, 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Marsel" klubi hujumchisi Mario Balotelli 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, italiyalik forvard 24 may kuni "Monpele"ga qarshi bo‘lib o‘tgan so‘nggi tur bahsida hakam tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka bilan “siylangan” va maydondan chetlatilgan edi.

Endi agar u faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettiradigan bo‘lsa, yangi mavsumning 3ta uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, Balotellining "Marsel" bilan shartnomasi kelasi oy o‘z nihoyasiga etadi. Hozircha tomonlar ushbu kelishuvni uzaytirishganicha yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!