Balotelli: Evro-2020 ga borishni istayman. Yarim oy ichida, so‘nggi 10 yillikdagi mashg‘ulotlarimdan ko‘proq ishladim
"Breshiya" klubi hujumchisi Mario Balotelli A Seriyaning 5-turidan o‘rin olgan "Yuventus"ga qarshi uchrashuvda debyut qilish istagi borasida va o‘zining sport formasi haqida gapirib o‘tdi.
"Men yarim oy ichida, so‘nggi 10 yilikdagi mashg‘ulotlarimdan ko‘proq ishladim. Men o‘yinlarga to‘liq tayyor bo‘lmasligim mumkin. Chunki bor-yo‘g‘i 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvidagina o‘ynadim holos. Ammo men yuqori sport formasidaman.
Hozirgi holatimdagi vaznim so‘nggi bor "Manchester Siti"da bo‘lganimdagi kabidur.
Albatta, maqsadim Italiya terma jamoasi bilan Evro-2020 musobaqasida qatnashish. Ammo, hozirda asosiy e’tiborim iloji boricha tezroq o‘zimni ko‘rsatish.
Krishtianu Ronaldu dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri va kuchlilarga qarshi o‘ynash yoqimli bo‘ladi. Men gol urishga harakat qilaman va boshqa jamoalarda qanday o‘ynagan bo‘lsam, shunday harakat qilaman. Ronalduga qarshi o‘ynash eni bezovta qilmaydi," - dedi Balotelli.



Fikrlar