
Balotelli jarohat oldi
Italiya B Seriyasi vakili hisoblangan “Montsa” klubi forvardi Mario Balotelli bugun “Lechche”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Bu haqda DAZN xabar tarqatmoqda.
Italiyalik hujumchi o‘yindan oldin o‘tkaziladigan chigalyozdi mashg‘ulotlarida mushaklaridan jarohat olgan. Shu bois, uning o‘rniga asosiy tarkibda Kristian Gyutker maydonga tushdi. Balotelli shu kuni zaxira o‘rindig‘ida ham ko‘rinmadi.
Mario Balotelli “Montsa” safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi hamda 30 dekabr kuni “Salernitana”ga (3:0) qarshi o‘yinda debyut qildi. U ilk uchrashuvdayoq o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar