Balotelli "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda ishtirok etadi

  • 21 avgust, 2019, 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kuni kecha "Breshiya" klubi bilan shartnoma imzolagan hujumchi Mario Balotelli sobiq jamoadoshi Vensan Kompanining xayrlashuv uchrashuvida “Manchester Siti”ga qarshi bo‘ladigan bahsda ishtirok etadi. Bu haqda “shaharliklar” rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra ushbu o‘yinda shuningdek Serxio Aguero, David Silva, Jo Xart, Joleon Leskott, Mika Richards, Pablo Sabaleta, Ueyn Brij, Garet Berri, Nayjel de Yong, Samir Nasri, Shon Rayt-Fillips, Stiven Ayrlend, Kreyg Bellami va "Manchester Siti"ning boshqa futbolchilari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Premer-liga yulduzlaridan iborat terma jamoaga Roberto Martines ustozlik qiladi.

Ushbu o‘yin 11 sentyabr kuni o‘tkaziladi. Uchrashuvdan tushgan mablag‘lar Manchester shahridagi uysiz insonlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Kompani “Manchester Siti” safida 2008-2019 yillarda to‘p surdi. U ayni damda “Anderlext” klubida o‘ynovchi murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!