Balotelli "Nitstsa"ga g‘alaba keltirdi
Kecha Frantsiya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan “Nitstsa” va “Bordo” jamoalari bahsi bo‘lib o‘tdi. Keskin qarama-qarshiliklarga boy o‘tgan bahsda Mario Balotelli o‘zini ko‘rsatdi. U penaltidan urgan goli va jamoasining g‘alaba to‘piga assistentlik qildi va “Nitstsa” uchun muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng 3-o‘rinda borayotgan “Nitstsa” ochkolari sonini 67taga etkazib oldi va 2-o‘rindagi PSJ bilan o‘rtadagi farqni 1 ochkoga etkazib oldi.

«Nitstsa» - «Bordo» - 2:1 (2:1)
Gollar: Balotelli 16 (pen), Esserik 27 — Labord 9.
«Nitstsa»: Kardinal, Le Marshan, Dante, Dalbert, Rikardu Pereyra, Belxanda (Le Bian 78), Seri, Esserik (Sarr 89), Kozello, Suke, Balotelli.
«Bordo»: Karrasso, Levchuk, Kontento, Sabali, Yovanovich, Sankare, Tulalan, Malkom, Vada (Menez 71), Kamano (Una 78), Labord (Rolan 71).
Ogohlantirishlar: Yovanovich 24, Suke 40, Balotelli 88.



Fikrlar