
Balotelli “Nitstsa”ning tarixiy goliga mualliflik qildi
“Nitstsa” klubi forvardi Mario Balotelli kecha chempionatning “Lill”ga (2:1) qarshi bahsida o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdi.
E’tiborlisi, 27 yoshli italiyalik futbolchi bu bilan “Nitstsa”ning Frantsiya chempionatidagi tarixiy 3000-golga mualliflik qildi. Ta’kidlash lozimki, bu ko‘rsatgichga hozircha “Marsel”, “Sent-Eten”, “Bordo”, “Sosho”, “Monako” va “Lion” jamoalarigina erishishgan edi.
Ma’lumot uchun, Balotelli joriy mavsum Liga-1da jami 19ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 14ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar